Asosiy mazmunga o'tish
Bosh sahifa

Mobil ilovalar maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-08-20

Ushbu siyosat Safora'ning ikki mobil ilovasiga taalluqli: mehmonlar uchun «Safora» va mehmonxona tozalash xodimlari uchun «Safora Cleaning». safora.uz saytining o'ziga alohida maxfiylik siyosati qo'llanadi.

1. Ushbu siyosat nimani qamraydi

Ikkala ilova ham mehmonxona xizmatining bir qismi: ular mehmonxona sizga bergan xizmatni ko'rsatish uchun ishlaydi va boshqa hech qanday maqsadda ma'lumot yig'maydi.

Ilovalarda reklama yo'q, reklama identifikatorlari o'qilmaydi va foydalanuvchi xatti-harakati marketing maqsadida kuzatilmaydi.

  • «Safora» — mehmon ilovasi (paket: uz.safora.safora_guest)
  • «Safora Cleaning» — tozalash xodimlari ilovasi (paket: com.safora.safora_housekeeping)

2. «Safora» (mehmon ilovasi) nima yig'adi

Ilovaga kirish uchun xonadagi QR kod skanerlanadi va telefon raqamingizning oxirgi 4 raqami tasdiqlanadi. Alohida ro'yxatdan o'tish, parol yoki elektron pochta talab qilinmaydi.

  • Ism, xona raqami, kirish va chiqish sanasi — mehmonxona tizimidan keladi, bronni ko'rsatish uchun; qurilmada himoyalangan xotirada saqlanadi
  • Telefon raqamingizning oxirgi 4 raqami — faqat kirishni tasdiqlash uchun yuboriladi, ilovada saqlanmaydi
  • Kamera — faqat xonadagi QR kodni o'qish uchun; tasvir hech qayerga yuborilmaydi va saqlanmaydi
  • Joylashuv (taxminiy yoki aniq) — faqat siz taksi chaqirganingizda, olib ketish nuqtasini belgilash uchun; ilova fonda joylashuvni kuzatmaydi
  • Resepshn bilan yozishmangiz — xizmat ko'rsatish uchun serverda saqlanadi
  • Qurilmaning bildirishnoma tokeni — resepshn javobi va taksi holatini yuborish uchun

3. «Safora Cleaning» (xodimlar ilovasi) nima yig'adi

Bu ilova faqat mehmonxona xodimlari uchun. Unga mehmonxona bergan ish akkaunti bilan kiriladi.

  • Xodimning telefon raqami va ish akkaunti ma'lumoti — tizimga kirish uchun
  • Kirish tokeni — qurilmaning himoyalangan xotirasida saqlanadi
  • Kamera va rasm galereyasi — topshiriq bo'yicha xona holatini rasmga olish yoki mavjud rasmni biriktirish uchun; rasm faqat mehmonxona tizimiga yuboriladi
  • Qurilmaning bildirishnoma tokeni — yangi topshiriq haqida xabar berish uchun
  • Bu ilova joylashuvni so'ramaydi va yig'maydi

4. Ma'lumot nima uchun ishlatiladi

  • Bronni va yashash ma'lumotini ko'rsatish
  • Xizmat buyurtmasini (nomer xizmati, tozalash, spa, restoran) mehmonxonaga yetkazish
  • Taksi buyurtmasini rasmiylashtirish va holatini ko'rsatish
  • Resepshn bilan yozishmani yetkazish
  • Xizmatga oid bildirishnomalarni yuborish
  • Xavfsizlik va suiiste'molning oldini olish

5. Uchinchi tomon xizmatlari

Ilovalar quyidagi xizmatlardan foydalanadi. Boshqa hech qanday tashqi xizmatga ma'lumot uzatilmaydi.

  • Yandex MapKit — taksi ekranidagi xarita va joylashuv; xarita ishlashi uchun zarur texnik ma'lumot Yandex serverlariga boradi
  • Google Firebase (Cloud Messaging) — bildirishnoma yetkazish; qurilma tokeni Google infratuzilmasida qayta ishlanadi
  • Millenium (taksi provayderi) — faqat siz taksi buyurtma qilganingizda: olib ketish manzili va bog'lanish uchun telefon raqami haydovchiga uzatiladi
  • Ilova vendor xizmatlariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilmaydi — barcha so'rovlar api.safora.uz orqali o'tadi

6. Ma'lumot qancha saqlanadi

  • Yashash ma'lumoti va yozishma — mehmonxona hisoboti uchun zarur muddat davomida serverda
  • Qurilma bildirishnoma tokeni — chiqish (check-out) paytida o'chiriladi
  • Kirish tokeni — sessiya tugaganda yoki ilova o'chirilganda qurilmadan yo'qoladi
  • QR skanerlashdagi kamera tasviri — umuman saqlanmaydi

7. Xavfsizlik

Ilova bilan server o'rtasidagi butun aloqa HTTPS orqali shifrlanadi. Qurilmadagi sessiya va shaxsiy ma'lumot tizimning himoyalangan xotirasida (iOS Keychain / Android Keystore) saqlanadi.

Vendor kalitlari faqat serverda turadi va ilovaga berilmaydi.

8. Sizning huquqlaringiz va ma'lumotni o'chirish

Ilovadagi ma'lumot sizga xizmat ko'rsatayotgan mehmonxonaga tegishli. Ma'lumotingizni ko'rish, to'g'rilash yoki o'chirishni so'rash uchun mehmonxona resepshniga yoki bevosita bizga murojaat qiling.

O'chirish so'rovini quyidagi kanal orqali yuborishingiz mumkin: t.me/saforauz. So'rov kelgan kundan boshlab 30 kun ichida ko'rib chiqiladi.

Ilovani qurilmadan o'chirish qurilmadagi sessiyani yo'q qiladi, lekin mehmonxona tizimidagi yozuvlarni o'chirmaydi — buning uchun alohida so'rov kerak.

9. Bolalar

Ilovalar bolalarga mo'ljallanmagan va bolalardan atayin ma'lumot yig'ilmaydi. Bron mehmonxona bilan shartnoma tuzgan kattalar nomiga rasmiylashtiriladi.

10. Bog'lanish

Maxfiylikka oid savol yoki so'rov bo'lsa rasmiy Telegram kanalimiz orqali murojaat qiling: t.me/saforauz.

11. O'zgarishlar

Siyosat yangilanganda shu sahifadagi sana o'zgaradi. Ma'lumot bilan ishlashdagi jiddiy o'zgarish alohida e'lon qilinadi.